«ilhom aliyev» tegli maqolalar


Ilhom Aliyev Ozarbayjon prezidenti etib qayta saylandi
8 fevral 2024, 17:18

Ilhom Aliyev Ozarbayjon prezidenti etib qayta saylandi

Ozarbayjonning amaldagi rahbari Ilhom Aliyev navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida 92,05 foiz ovoz oldi. Bu uning beshinchi prezidentlik muddati bo‘ladi, u 20 yildan buyon mamlakatni boshqarmoqda.

Mirziyoyev va Lukashenko birgalikda Ozarbayjon prezidentiga qo‘ng‘iroq qildi
7 fevral 2024, 23:19

Mirziyoyev va Lukashenko birgalikda Ozarbayjon prezidentiga qo‘ng‘iroq qildi

Shavkat Mirziyoyev va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ozarbayjonlik hamkasblari Ilhom Aliyevga qo‘ng‘iroq qilib, prezidentlik saylovi muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabrikladi. Exit-poll natijalariga ko‘ra, u saylovda 93,9 foiz ovoz bilan g‘alaba qozonmoqda.

Ozarbayjonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi
8 dekabr 2023, 10:20

Ozarbayjonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi

Ozarbayjonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovi 2024-yil 7-fevralda bo‘lib o‘tadi. Bu haqdagi farmoyishni mamlakatni 20 yildan beri boshqarib kelayotgan prezident Ilhom Aliyev imzoladi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari Bokuda muzokara o‘tkazdi
24 noyabr 2023, 14:32

O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari Bokuda muzokara o‘tkazdi

BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi birinchi sammitida qatnashish uchun Bokuga borgan Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan muzokara olib bordi. 2024-yilni mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni jadal rivojlantirish yili deb e’lon qilish taklif etildi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon Oliy davlatlararo kengash tashkil qildi
23 avgust 2023, 09:40

O‘zbekiston va Ozarbayjon Oliy davlatlararo kengash tashkil qildi

Shavkat Mirziyoyevning qayta saylanganidan keyingi ilk davlat tashrifida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida Oliy davlatlararo kengashni tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma va boshqa hujjatlar imzolandi. Savdo, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, logistika masalalari va boshqalar muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
24 dekabr 2022, 17:34

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev 24 dekabr kuni Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi. O‘zbekiston prezidenti Ozarbayjon rahbarini tavallud kuni bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va yangi zafarlar, Ozarbayjon xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik tiladi.

Ilhom Aliyev Armanistonni harbiy provokatsiyada aybladi
17 sentabr 2022, 09:05

Ilhom Aliyev Armanistonni harbiy provokatsiyada aybladi

Samarqandda bo‘lib o‘tgan SHHT sammitida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Armanistonni harbiy provokatsiyada aybladi. Shuningdek, u BMT Xavfsizlik kengashining ayrim rezolyutsiyalari samarasizligi haqida ham gapirdi. Armaniston Ozarbayjon hududini faqat SSSR chegaralaridagina tan olishga tayyorligini bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Turkiy davlatlar tashkilotining bo‘lajak sammitini muhokama qildi
15 sentabr 2022, 18:09

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Turkiy davlatlar tashkilotining bo‘lajak sammitini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev SHHTda mehmon sifatida ishtirok etish uchun kelgan Ilhom Aliyev bilan uchrashdi. Uchrashuvda, jumladan, Samarqandda o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti kun tartibi kelishib olindi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida deklaratsiya va 18 ta hujjat imzolandi
21 iyun 2022, 21:19

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida deklaratsiya va 18 ta hujjat imzolandi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi strategik sheriklikni chuqurlashtirish va har tomonlama hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladilar. Shuningdek, ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari o‘rtasida 18 ta hujjat imzolandi.

Ozarbayjon prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyuradi
16 iyun 2022, 21:44

Ozarbayjon prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning 21−22 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan Toshkentga kelishi kutilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Turkiy kengash doirasida Alisher Navoiy xalqaro mukofotini ta’sis qilishni taklif etdi
31 mart 2021, 21:38

Shavkat Mirziyoyev Turkiy kengash doirasida Alisher Navoiy xalqaro mukofotini ta’sis qilishni taklif etdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiy kengashning norasmiy sammitida qatnashib, bir qancha takliflarni ilgari surdi. Kengashning yaqin va o‘rta istiqboldagi iqtisodiy hamkorlik strategiyasini ishlab chiqish, Investitsiya jamg‘armasi va Taraqqiyot bankini tashkil etish, «Tabarruk ziyorat» loyihasini amalga oshirish, qolaversa, Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofotni ta’sis qilish shular jumlasidan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting